"Chelsi" vinger Mixail Mudrikni ijaraga olish bo‘yicha "Lids"ning dastlabki taklifini rad etdi. Shunga qaramay, klublar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Bu haqda insayder Ben Jeykobs ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, "Lids" taklif qilgan shartlar londonliklar talabidan sezilarli darajada past bo‘lgan. "Chelsi" ayni paytda 25 yoshli ukrainalik futbolchini faqat ijara asosida qo‘yib yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq "Lids" hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun bir nechta nomzodni ko‘rib chiqayotgani va Mudrik ham ushbu ro‘yxatdan joy olgani xabar qilingandi. Futbolchining o‘zi ham ijara asosida boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas.
Mudrik 2023 yil yanvaridan buyon "Chelsi"ga tegishli. London klubi uni Doneskning "Shaxtyor" jamoasidan sotib olgan.













