"Napoli" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya A Seriyasining 2026/27 yilgi mavsumi 1-turidan o‘rin olgan "Jenoa"ga qarshi uchrashuv oldidan Kevin De Bryuyne haqida fikr bildirdi.
"U jamoaga boshqalardan kechroq qo‘shildi, ammo hozirning o‘zida yaxshi formada. U 10 kun ichida bunday darajaga chiqadi, deb o‘ylamagan edim. Kuchli futbolchilar istalgan joyda o‘ynay oladi. Ular buni qanday qilishni biladi va o‘zlari uchun eng yaxshi pozisiyani topa oladi", — deya Allegrining so‘zlarini Football Italia keltirdi.
Avvalroq OAVda belgiyalik yarim himoyachi "Napoli"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
35 yoshli De Bryuyne o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U turli jarohatlar sabab mavsum davomida ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.
Shuningdek, De Bryuyne 2026 yilgi jahon chempionatida Belgiya terma jamoasi safida ishtirok etib, chorak finalgacha yetib bordi.













