O‘zbekiston Superligasi 18-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Nasaf" uchrashuvi namanganliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuv statistikasiga ko‘ra, "Nasaf" to‘p nazorati bo‘yicha ustunlik qildi — 54 foizga 46 foiz. Biroq "Navbahor" raqib darvozasi tomon ko‘proq zarba yo‘lladi. Mezbonlar 11 ta zarba berib, shundan 3 tasini darvoza tomon aniq yo‘llagan. "Nasaf"da esa bu ko‘rsatkich 8 ta zarba va 2 ta aniq zarbani tashkil etdi.
Kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichida ham "Navbahor" biroz ustun bo‘ldi — 0,64 ga 0,54.
Paslar aniqligi bo‘yicha "Nasaf" 74 foiz, "Navbahor" esa 70 foizlik natija qayd etdi. Qarshiliklar 16 marta qoida buzgan bo‘lsa, namanganliklarda bu ko‘rsatkich 8 tani tashkil qildi.
Burchak zarbalari bo‘yicha "Navbahor" 7:5, kalit paslar bo‘yicha esa 7:6 hisobida ustunlik qildi.
"Navbahor" ushbu g‘alaba orqali 18 turdan keyin ochkolari sonini 34 taga yetkazib, Superliga turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi.














