Birlashgan Arab Amirliklari sharafini himoya qiluvchi «Al-Jazira» klubi braziliyalik hujumchi Malkom Felipe bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Bu haqda jamoaning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida xabar berildi.
29 yoshli braziliyalik forvard yangi jamoasida 10-raqam ostida harakat qiladi. Malkom «Al-Jazira» safiga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi. U bundan biroz avval Saudiya Arabistonining «Al-Xilol» klubi bilan amaldagi shartnomasini bekor qilgan edi.
Joriy mavsumda Malkom 1 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda 7 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.













