«Arsenal»ni boshqarib kelayotgan ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta Angliya Premyer-ligasida 250 tadan kam o‘yinda 150 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan beshinchi murabbiyga aylandi. Ushbu natijaga erishish uchun unga atigi 249 ta uchrashuv kifoya qildi. Jamoa APLning 1-turida «Koventri Siti»ni yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda Squawka ma’lumotlarida keltirilgan.
Solishtirish uchun, APLda 150 ta g‘alabalik dovonni eng tez zabt etgan murabbiylar:
-
Xosep Gvardiola («Manchester Siti») — 204 ta o‘yinda;
-
Joze Mourinyo («Chelsi», «Manchester Yunayted», «Tottenxem») — 231 ta o‘yinda;
-
Yurgen Klopp («Liverpul») — 237 ta o‘yinda;
-
Aleks Fergyuson («Manchester Yunayted») — 247 ta o‘yinda;
-
Mikel Arteta («Arsenal») — 249 ta o‘yinda.
Mikel Arteta «Arsenal»ni 2019 yilning dekabridan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.













