"Real"ning sobiq darvozaboni Kiko Kasilya Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Yan Diomande uchligi Garet Beyl, Karim Benzema va Krishtianu Ronaldudan iborat mashhur BBC darajasiga yeta olishi haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, hozircha yo‘q. Ular hali ko‘p ish qilishi kerak. Ayniqsa, katta futbolga endigina kirib kelgan Diomande. Kelajakda ularni BBC bilan taqqoslay olishimizni juda istayman va shunday bo‘lishiga umid qilaman. Ammo hozircha bu darajagacha ancha yo‘l bor", — dedi Kasilya SER Deportivos'ga bergan intervyusida.
Bugun, 22 avgust kuni "Real" La Liga doirasida safarda "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi.













