Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Edegor: "O‘tgan mavsum men uchun og‘ir kechdi"

Edegor: "O‘tgan mavsum men uchun og‘ir kechdi"

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning norvegiyalik yarim himoyachisi Martin Edegor hozirda o‘zini juda yaxshi his qilayotgani va yaxshi sport formasida ekanini aytdi.

Londonliklar APLning 1-turida elitaga qaytgan "Koventri"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Edegor 49-daqiqada jamoasining uchinchi golini urdi.

"Menimcha, o‘tgan mavsum men uchun og‘ir kechdi. Jarohatlar juda ko‘p bo‘ldi, bundan tashqari, bir qancha g‘alati vaziyatlar ham yuz berdi. Hozir esa o‘zimni juda yaxshi his qilyapman", — dedi Edegor.

"Arsenal" yangi mavsumni Angliya Superkubogida "Manchester Siti" ustidan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagandi. "Kanonirlar" chempionatning 2-turida safarda "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:45, 22.08.2026.
O'qildi: 362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик