Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Roma"ning 19 yoshli futbolchisi og‘ir jarohat sabab operasiya qilindi

"Roma"ning 19 yoshli futbolchisi og‘ir jarohat sabab operasiya qilindi

Baho:
+ | -

"Roma"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Muhammed Ba o‘ng tizzasining old xochsimon bog‘lamini tiklash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Klub ma’lumotiga ko‘ra, operasiya muvaffaqiyatli yakunlangan.

Futbolchi yaqin kunlarda shifoxonadan chiqarilib, reabilitasiya jarayonini boshlaydi. Uning mashg‘ulotlar va o‘yinlarga qachon qaytishi hozircha ma’lum qilinmagan.

Ba "Roma"ning turli yoshlar jamoalari safida jami 104 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urgan va 12 ta golli uzatma bergan. Jumladan, U20 jamoasida 53 ta uchrashuvda 7 ta gol va 7 ta assist qayd etgan.

Kiritildi: 13:22, 22.08.2026.
O'qildi: 424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик