Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

"Komo" Auderoni jamoada saqlab qolmoqchi

"Komo" Auderoni jamoada saqlab qolmoqchi

Baho:
+ | -

"Komo" darvozaboni Emil Audero jamoada qolishi kutilmoqda. Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, Italiya klubi 29 yoshli Indoneziya terma jamoasi a’zosini sotishni istamayapti.

Audero "Komo" uchun A Seriya va Chempionlar ligasi qaydnomasini shakllantirishda muhim futbolchi hisoblanadi. U Italiya futbol tizimida tarbiyalangani tufayli UYEFA talablariga mos mahalliy tayyorgarlikdan o‘tgan futbolchi maqomiga ega.

"Komo" Auderoni 2024 yilda "Sampdoriya"dan 6 million yevroga sotib olgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Audero "Kremoneze"da ijara asosida o‘ynab, 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 50 ta gol o‘tkazib yubordi va 12 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqladi.

Kiritildi: 13:25, 22.08.2026.
O'qildi: 480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик