"Milan" egalari maslahatchisi Zlatan Ibrahimovich Luka Modrichning Italiya klubi bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirganiga munosabat bildirdi. Sentyabrda 41 yoshga to‘ladigan xorvatiyalik futbolchi "Milan"da yana bir mavsum qoladi.
"Luka — maestro. Men uchun u shunchaki futbol o‘ynamaydi. Uning o‘zi — futbol. Uning o‘yinini tomosha qilish menga juda yoqadi. Jahon chempionatida ishlab, uning Xorvatiya safidagi o‘yinidan zavq olish baxtiga muyassar bo‘ldim.
Luka "Milan"da yana bir yil qolishidan xursandman. Menimcha, o‘tgan mavsumda u jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
U imkon qadar uzoq vaqt o‘ynashda davom etishi kerak. Chunki o‘zim ham shunday vaziyatda bo‘lganman. Qachon to‘xtash kerak, eng yuqori cho‘qqida ketish kerakmi, deb o‘ylardim. Ammo o‘zimga imkon qadar uzoq o‘ynashni aytdim. Chunki faoliyatingni tugatgan kuning pushaymon bo‘lishing mumkin. Ertasiga esa "Yana uzoqroq o‘ynashim mumkin edi", deb o‘ylaysan.
"Milan"da Luka biz bilan ekanidan juda xursandmiz. Uning o‘zi ham bundan mamnun", — dedi Ibrahimovich.













