Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Barselona" tarbiyalanuvchisi "Chelsi"dan "Napoli"ga o‘tishi mumkin

"Barselona" tarbiyalanuvchisi "Chelsi"dan "Napoli"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

"Chelsi" hujumchisi Mark Giu faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. 20 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Napoli" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Insayder Janluka Di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, neapolliklar Giuni hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan. "Napoli" futbolchini ijaraga emas, balki to‘liq sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Giu "Chelsi"ga 2024 yil yozida "Barselona"dan o‘tgan. Londonliklar uning shartnomasidagi 6 mln yevrolik tovon pulini to‘lab, hujumchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagandi.

Biroq ispaniyalik futbolchi hozirgacha "Chelsi" asosiy tarkibida muqim o‘rin egallay olmadi. O‘tgan mavsumda u APLda 8 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt Giuning bozor qiymatini 10 mln yevro atrofida baholamoqda.

Kiritildi: 15:10, 22.08.2026.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик