"Arsenal"ning sobiq hujumchisi Teo Uolkott APL 1-turida "Koventri"ga qarshi o‘yinda (3:0) debyut qilgan Xristos Solisning harakatlariga yuqori baho berdi. Gresiyalik vinger "Bryugge"dan 40 million yevroga xarid qilingan.
"U menga juda yoqdi. Solis Aleksis Sanchesni eslatadi. To‘pni qabul qilishi bilan oldinga intiladi va birinchi fikri himoyachini aldab o‘tish bo‘ladi. Uning 17-raqamda o‘ynashi ham Aleksisni eslatmoqda", — dedi Uolkott.
U Solisning to‘p bilan yengil va erkin harakat qilishini ham alohida ta’kidladi.
"Jamoadoshlari doimo unga to‘p uzatishni xohlamoqda. Ishonchining oshib borayotgani ko‘rinib turibdi. U Trossardan biroz tezroq. Qaysidir ma’noda Solis Trossar va Aleksisning sifatlarini o‘zida birlashtirgan. U to‘liq formaga kirgach, yanada kuchli bo‘ladi. Hozirning o‘zidayoq menda juda katta taassurot qoldirdi", — dedi sobiq futbolchi.
Shu bilan birga, Uolkott Solisning o‘rniga maydonga tushgan Eberechi Ezening o‘yin oxiridagi muvaffaqiyatsiz jarima zarbasiga e’tibor qaratdi va Mikel Arteta bunday kichik detallarni ham nazardan qochirmasligini ta’kidladi.













