Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Joao Pedro «Chelsi»da qolish qarorini izohladi

Joao Pedro «Chelsi»da qolish qarorini izohladi

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro klub bilan shartnomasini uzaytirganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

22 avgust, shanba kuni «ko‘klar» matbuot xizmati braziliyalik futbolchi bilan hamkorlik 2034 yilga qadar uzaytirilganini rasman e’lon qildi.

«Chelsi» bilan yangi shartnoma imzolaganimdan juda xursandman. Men doimo katta klubda o‘ynashni orzu qilganman va kelajagimni aynan shu klub bilan bog‘lash men uchun juda muhim. Bu yerda barcha bilan munosabatlarim juda yaxshi. Ilk kundanoq o‘zimni uyimdagidek his qilyapman», — deya Joao Pedroning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Joao Pedro «Chelsi» safiga 2025 yil yozida qo‘shilgan. O‘shandan buyon braziliyalik hujumchi jamoa tarkibida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:01, 22.08.2026.
O'qildi: 654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик