Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik Baldening «Barselona»da qolishini kafolatlamadi: «O‘zgarishlar bo‘lishi mumkin»

Flik Baldening «Barselona»da qolishini kafolatlamadi: «O‘zgarishlar bo‘lishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik Alexandro Baldening kelajagi borasida tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi. So‘nggi paytlarda ispaniyalik himoyachining kataloniyaliklar safini tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar ko‘paygan.

«O‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Transfer oynasi yopilgunga qadar kutishimiz kerak. Hammasiga faqat eng so‘nggi pallada oydinlik kirishi mumkin», — dedi nemis mutaxassisi.

Flik Baldening salohiyatini yuqori baholadi, biroq futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rni uchun raqobat qilishga tayyor ekanini har kuni isbotlashi kerakligini ta’kidladi.

«Bu qiyin savol, chunki u juda katta salohiyatga ega futbolchi. Ammo u o‘z pozisiyasida raqobat qila olishiga ishonadimi-yo‘qmi, buni bilish muhim. Men barcha futbolchilarimdan aynan shuni ko‘rishni xohlayman.

Men har kuni ularning qanday ishlayotganini, darajasini va maydonga tushishga munosib ekanini ko‘rsata olyaptimi-yo‘qmi — kuzataman. Oxir-oqibat biz jamoa bo‘lib o‘ynashimiz kerak. Faqat shundagina muvaffaqiyatga erisha olamiz. Menga har bir futbolchi yuz foiz tayyor bo‘lishi kerak», — dedi Flik.

Shu tariqa, «Barselona» bosh murabbiyi Baldening jamoada qolishini kafolatlamadi va uning kelajagiga transfer oynasi yakunida aniqlik kiritilishini bildirdi.

Kiritildi: 16:57, 22.08.2026.
O'qildi: 814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик