Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

«Roma» «Chelsi»ga Gittens bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi

«Roma» «Chelsi»ga Gittens bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi

Baho:
+ | -

«Roma» «Chelsi» qanot hujumchisi Jeymi Gittensni ijaraga olish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla xabar berdi.

Rimliklar 22 yoshli Angliya terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Roma» endi Gittensni A Seriyaga olib kelish uchun aniq qadam tashlagan.

Biroq «Chelsi» hozircha futbolchini ijaraga berishga tayyor emas. London klubi transfer oynasining ayni bosqichida bu variantni rad etgan. Shunga qaramay, vaziyat keyinchalik o‘zgarishi mumkin va «Roma» Gittens bilan bog‘liq holatni kuzatishda davom etmoqda.

Ayni paytda «Roma»ning «Lion» hujumchisi Fofana bo‘yicha muzokaralari ham to‘xtab turibdi, ammo transfer varianti butunlay yopilmagan. Futbolchi hozir asosiy e’tiborini 26 avgust kuni «Fenerbaxche»ga qarshi o‘tadigan Chempionlar ligasi javob uchrashuviga qaratgan.

Kiritildi: 17:13, 22.08.2026.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик