Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko» Jekson uchun kurashdan chiqdi — «Aston Villa» asosiy da’vogar

«Atletiko» Jekson uchun kurashdan chiqdi — «Aston Villa» asosiy da’vogar

Baho:
+ | -

«Atletiko» «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson uchun kurashdan chiqdi. Diario AS jurnalisti Eduardo Burgos ma’lumotiga ko‘ra, endi senegallik futbolchini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar «Aston Villa» bo‘lib turibdi.

«Chelsi» 25 yoshli hujumchini to‘liq transfer asosida sotishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan va uning narxini 80 million yevro deb baholamoqda. «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri esa Jekson bilan yana birga ishlashni xohlamoqda.

Dastlab «Atletiko» Jeksonni pullik ijara va keyinchalik sotib olish huquqi asosida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rgangan. Biroq «Chelsi» bu taklifni rad etdi. Londonliklar xalqaro ijara uchun qolgan kvotalarini saqlab qolish va hujumchini to‘liq sotish niyatida.

Shundan so‘ng «Atletiko» muzokaralarni davom ettirmaslikka qaror qildi. Bu esa «Aston Villa» uchun Jekson transferini amalga oshirish imkoniyatini oshirdi.

Xabarlarga ko‘ra, Birmingem klubi avvalo Olli Uotkinsning Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga transferi yakunlanishini kutmoqda. Shundan keyin «Aston Villa» Jekson uchun harakatlarini faollashtirishi mumkin.

Uotkins «Al-Hilol» bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishib olgani va transfer qiymati 50 million yevrodan oshishi mumkinligi aytilmoqda. Uning sotilishi «Aston Villa»ga Jeksonni xarid qilish uchun ham mablag‘, ham tarkibda joy ochib beradi.

Jekson transferining asosiy tashabbuskorlaridan biri Unai Emeri hisoblanadi. Ispaniyalik mutaxassis «Vilyarreal»da ishlagan paytida aynan Jeksonga katta futbolda debyut qilish imkoniyatini bergan.

Ayni paytda senegallik hujumchi Xabi Alonso boshqarayotgan «Chelsi»ning kelgusi rejalarida asosiy o‘rin tutmayapti. Shu sabab londonliklar unga 80 million yevro to‘lashga tayyor xaridor topishga harakat qilmoqda.

Kiritildi: 18:19, 22.08.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик