Kirish Ro'yxatdan o'tish

Brunu Fernandesh: «Biz o‘tgan mavsumdagi xatolarni yana takrorlayapmiz»

Brunu Fernandesh: «Biz o‘tgan mavsumdagi xatolarni yana takrorlayapmiz»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh Angliya Premyer-ligasining 1-turida «Hall Siti»dan uchralgan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.

Portugaliyalik yarim himoyachining fikricha, jamoa o‘tgan mavsumdagi xatolarini yana takrorlamoqda.

«Biz o‘tgan mavsumdagi xatolarni yana takrorlayapmiz. Safardagi har bir o‘yinda raqibga to‘p bilan juda ko‘p harakat qilish imkonini beryapmiz. Dastlabki 20 daqiqada jamoamizda to‘pga eng ko‘p tekkan futbolchi darvozabonimiz bo‘ldi.

Biz faolroq pressing qilishimiz va agressivroq harakat qilishimiz kerak edi. Bundan tashqari, standart vaziyatlar ustida ishlashimiz va bunday gollarni o‘tkazib yubormasligimiz shart. Bunday jamoalar aynan shunday imkoniyatlarni kutadi», — dedi Fernandesh Sky Sports’ga.

«Manchester Yunayted» har ikki golni ham standart vaziyatlardan keyin o‘tkazib yubordi. Fernandeshning aytishicha, mankunianliklar «Hall Siti»ning bu jihatdan xavfli ekanini o‘yindan oldin ham yaxshi bilgan.

«Standart vaziyatlar ularning o‘yinida muhim ahamiyatga ega bo‘lishini oldindan bilardik. Mavsumoldi uchrashuvlarida ular doimo to‘rt himoyachi bilan o‘ynagandi, ammo bizga qarshi standart vaziyatlarda bo‘y jihatidan ustunlikka ega bo‘lish uchun besh nafar himoyachidan foydalanishdi. Eng yomoni — biz o‘yinni boy berdik», — dedi «MYU» sardori.

Fernandesh «Hall Siti»ning Premyer-ligaga qaytganidan keyingi ilk uchrashuvda yuqori motivasiya bilan harakat qilishini ham jamoa oldindan bilganini ta’kidladi.

«Ularning qanchalik yuqori motivasiya bilan maydonga tushishini bilardik. Agar kimdir buni tushunmagan bo‘lsa, bu juda hayratlanarli.

APLda bunday stadionlarda o‘ynash juda qiyinligini bilamiz. Intensivlik, agressivlik va boshqa barcha jihatlarda raqibga munosib javob berish kerak. Biz buni uddaladik, faqat ikkita standart vaziyat bundan mustasno. Aynan shu ikki vaziyat bizga o‘yinni boy berishga sabab bo‘ldi», — deya qo‘shimcha qildi Fernandesh.

Maykl Kerrik boshchiligidagi «Manchester Yunayted» Premyer-ligadagi keyingi uchrashuvini 30 avgust kuni «Ipsvich»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:57, 22.08.2026.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик