«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mavsumdagi ilk uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.
Undan «Real»ni boshqarishga kelgan Joze Mourinyo bilan bo‘lajak raqobat haqida fikri so‘raldi.
«Ertaga biz «Real»ga qarshi o‘ynamaymiz, to‘g‘rimi? Shuning uchun «Elche» haqida so‘rang», — dedi Flik jurnalistlarga.
«Elche» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuv 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.













