Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Liga1. Yettita gol va qizil kartochka: «Lans» «Oser»ni tor-mor etdi

Liga1. Yettita gol va qizil kartochka: «Lans» «Oser»ni tor-mor etdi

Baho:
+ | -

«Lans» Fransiya Liga 1 doirasida o‘z maydonida «Oser»ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Sermahsul kechgan uchrashuv mezbonlarning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Lans» 12-daqiqada hisobni ochdi. Florian Toven penaltini aniq amalga oshirdi. 35-daqiqada esa «Oser» futbolchisi Xrista Makosso maydondan chetlatildi va mehmonlar o‘n kishi bo‘lib qoldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida «Lans» ustunligini oshirdi. 49-daqiqada Franyo Ivanovich, 54-daqiqada Saud Abdulhamid gol urdi — 3:0.

61-daqiqada Denni Namaso mehmonlarning birinchi javob golini kiritdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, Pyer Ganyu «Lans»ning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. 70-daqiqada Lamin Si hisobni 4:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Uchrashuvga yakuniy nuqtani Florian Toven qo‘ydi. U 88-daqiqada ikkinchi bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi — 5:2.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:10, 22.08.2026.
O'qildi: 1329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик