Italiya A Seriyasining 2026/27-yilgi mavsumi 1-turida «Inter» o‘z maydonida «Monsa»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Milanliklar 6-daqiqada Hoqon Chalhanog‘luning goli bilan hisobni ochdi. 29-daqiqada Gushtavu Varela muvozanatni tikladi va birinchi bo‘lim 1:1 hisobida yakunlandi.
Tanaffusdan keyin «Inter» uchta gol urdi. 48-daqiqada Pyotr Zelinski jamoasini yana oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 55-daqiqada Franchesko Espozito hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. 63-daqiqada Yann Bissek yakuniy nuqtani qo‘ydi — 4:1.
Shu tariqa, amaldagi Italiya chempioni «Inter» yangi mavsumni yirik g‘alaba va uch ochko bilan boshladi.
Keyingi turda «Inter» 30-avgust kuni «Kalyari» mehmoni bo‘ladi. «Monsa» esa 29-avgustda «Udineze»ni qabul qiladi.













