Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

«Bavariya»ga Germaniya Superkubogi topshirildi (foto)

«Bavariya»ga Germaniya Superkubogi topshirildi (foto)

Baho:
+ | -

«Bavariya» Dortmundning «Borussiya» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etib, 2026-yilgi Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. «Dortmund» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng myunxenlik futbolchilarga sovrin topshirildi.

«Bavariya» safida Nataniel Braun va Maykl Olise gol urdi. Dortmundliklarning yagona goliga esa Fabiu Silva mualliflik qildi. Bahsning 90-daqiqasida «Borussiya» himoyachisi Rami Bensebaini qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

2025 yilgi Germaniya Superkubogi ham «Bavariya»ga nasib etgandi. O‘shanda myunxenliklar «Shtutgart»ni 2:1 hisobida mag‘lub qilgan.

«Bavariya» o‘tgan mavsumda 89 ochko to‘plab, Germaniya chempioni bo‘lgandi. Shuningdek, jamoa mamlakat kubogini ham qo‘lga kiritgan. Dortmundning «Borussiya» klubi esa vise-chempion sifatida Superkubok bahsida ishtirok etdi.

Kiritildi: 02:38, 23.08.2026.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик