Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Keyn «Bavariya» bilan shartnomasini uzaytirish masalasiga izoh berdi

Keyn «Bavariya» bilan shartnomasini uzaytirish masalasiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn klub bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kutilayotgan muzokaralar haqida gapirdi.

Angliyalik futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi. Har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Endi yangi kelishuv shartlarini muhokama qilish qolgan.

«Joriy va kelasi haftada muzokara o‘tkazamiz. Bu ochiq muhokama bo‘ladi. Hech kim shoshilmayapti yoki xavotirga tushmayapti.

Hozir butun e’tiborimni jamoa va yangi mavsumga qaratganman. Shartnoma bo‘yicha muzokaralar jamoatchilikdan xoli tarzda olib boriladi. Aytishga arziydigan yangilik paydo bo‘lsa, barchasidan xabar topasiz», — dedi 33 yoshli hujumchi.

Keyn bu fikrlarni «Bavariya» Dortmundning «Borussiya» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etgan Germaniya Superkubogi uchrashuvidan keyin bildirdi.

Garri Keyn 2023 yil iyul oyidan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 08:42, 23.08.2026.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик