Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Fabregasning asosiy transfer maqsadi uchun 40 million yevro sarflanishi mumkin

Fabregasning asosiy transfer maqsadi uchun 40 million yevro sarflanishi mumkin

Baho:
+ | -

"Komo" "Fiorentina" hujumchisi Moyze Kinni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Avvalroq "Fiorentina" 26 yoshli futbolchi uchun tushgan taklifni rad etgandi. Biroq "oq-ko‘klar" hujumchini qo‘lga kiritish niyatidan qaytgani yo‘q.

Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, "Komo" yaqin vaqt ichida Kin uchun taxminan 40 million yevro taklif qiladi. Jamoa bosh murabbiyi Sesk Fabregas florensiyaliklar hujumchisini transfer oynasidagi ustuvor maqsad sifatida belgilab olgan.

Transfermarkt portali Moyze Kinning bozor qiymatini 32 million yevroga baholamoqda. Italiyalik futbolchi "Fiorentina" safida hozirgacha 78 ta o‘yin o‘tkazib, 35 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, "Komo" joriy mavsumda o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Kiritildi: 10:09, 23.08.2026.
O'qildi: 1174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик