«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem La Liga doirasida «Espanyol»ga qarshi uchrashuvda gol urdi.
23 yoshli angliyalik futbolchi Arda Gyulerning uzatmasidan keyin bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu «Real»ning 2026/27 yilgi La Liga mavsumidagi ilk goli bo‘ldi.
Shu tariqa, Bellingem uchun bu yozdagi 8-gol bo‘ldi.
Futbolchi JCH-2026da ham yuqori natijadorlik namoyish etgan. Bellingem musobaqada 8 ta uchrashuvda 7 ta gol urgan.
«Espanyol»ga qarshi gol bilan Bellingem yozdagi sermahsul o‘yinlarini klub miqyosida ham davom ettirdi. «Real» esa uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.













