Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Romano: Nkunku «RB Leypsig»ga «ha» dedi — muzokaralar faollashdi

Romano: Nkunku «RB Leypsig»ga «ha» dedi — muzokaralar faollashdi

Baho:
+ | -

«Milan» hujumchisi Kristofer Nkunku yaqin vaqt ichida «RB Leypsig»ga qaytishi mumkin. Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi nemis klubiga qaytishga rozilik bergan. So‘nggi ma’lumotlarda ham Nkunku va «RB Leypsig» shaxsiy shartlar bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgani qayd etilmoqda.

Endi «RB Leypsig» «Milan» bilan muzokaralarni faollashtirgan. Nemis klubi Nkunkuni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish varianti ustida ishlamoqda. Bonuslarni hisobga olganda, bitimning umumiy qiymati 33-35 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda «RB Leypsig» futbolchi uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda. «Nyukasl» ham Nkunkuga qiziqish bildirgan, biroq fransuzning o‘zi Germaniyaga qaytishni afzal ko‘rmoqda.

Nkunku uchun «RB Leypsig» begona klub emas. U 2019-2023 yillar davomida nemis jamoasi sharafini himoya qilgan.

Fransiyalik futbolchi «RB Leypsig» safida barcha musobaqalarda 172 ta uchrashuv o‘tkazib, 70 ta gol urgan va 56 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U Germaniyadagi faoliyati davomida Bundesliganing eng yorqin futbolchilaridan biriga aylangan.

Kiritildi: 16:45, 23.08.2026.
O'qildi: 564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик