Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Tottenxem" Marmush transferi bo‘yicha "Manchester Siti" bilan og‘zaki kelishuvga erishdi

"Tottenxem" Marmush transferi bo‘yicha "Manchester Siti" bilan og‘zaki kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem Xotspur" "Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmushning transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, gap dastlabki ijara haqida ketmoqda. Bitimga muayyan shartlar bajarilgan taqdirda 50 million funt (taxminan 58 million yevro) evaziga futbolchini majburiy sotib olish bandi kiritiladi.

Marmushning o‘zi ham London klubiga o‘tishga rozilik bergan. U 24 avgust, dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda Omar Marmush "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 22:57, 23.08.2026.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик