"Atletiko" muxlislari Ispaniya La Ligasining 2-turida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda hujumchi Xulian Alvaresni hushtakbozlik bilan qarshi oldi.
26 yoshli argentinalik futbolchi ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlanganidan keyin Alvares jamoadoshlari bilan birga muxlislarga minnatdorlik bildirish marosimida qatnashmadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiyinish xonasiga yo‘l oldi.
Yozda Alvares jamoasini almashtirish istagini ommaviy ravishda bildirgan edi. OAVda madridliklar "Barselona" va "Real"dan argentinalik futbolchi bo‘yicha tushgan takliflarni rad etgani haqida xabarlar tarqalgan.
Alvares "Atletiko" safida 2024 yil yozidan buyon to‘p tepadi. U shu vaqtga qadar jamoa uchun 107 ta uchrashuvda maydonga tushib, 49 ta gol urgan va 17 ta golli uzatma amalga oshirgan.













