Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

"Nyukasl" ustozi "Liverpul"ga qarshi o‘yindan keyin penaltidan norozi bo‘ldi

"Nyukasl" ustozi "Liverpul"ga qarshi o‘yindan keyin penaltidan norozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" bosh murabbiyi Mattias Yayssle "Liverpul"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi. Jamoalar APL 1-turi doirasidagi uchrashuvda 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

"Juda alamli. Jamoaning o‘yinidan haqiqatan ham mamnunman, ayniqsa, bizning qanchalik kam vaqtimiz bo‘lganini hisobga olsak. Yigitlar oxirigacha kurashdi, maydonda bor kuchini qoldirdi — biz buni majburiy deb hisoblaymiz. Bu bizning standartimiz. Muxlislar bilan birgalikda, umuman olganda, juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Afsuski, 3 ochkoni qo‘lga kirita olmadik", — deya Yaysslening so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

"Futbolchilar biroz xafa, ammo shu bilan birga vaziyatni real baholashmoqda. Biz bir qator kichik qiyinchiliklarga duch keldik. Hozir jamoa jiddiy o‘zgarishlar jarayonida. Biz futbolchilarni bu oldimizda turgan navbatdagi sinov ekaniga va uni yengib o‘tishimiz kerakligiga ishontirishga harakat qildik. Yo‘limizda to‘siqlar allaqachon paydo bo‘lmoqda. Jarima olmaslik uchun ko‘p gapirmayman. Agar shunday vaziyatlarda penalti belgilanadigan bo‘lsa, kelajakda bunday o‘n bir metrlik zarbalar juda ko‘p bo‘ladi. Men bunday qarorlar tarafdori emasman", — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Shuningdek, Yayssle jamoa transfer bozorida hali o‘zini ko‘rsatishini va’da qildi.

Kiritildi: 03:05, 24.08.2026.
O'qildi: 217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик