Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Soboslai «Liverpul»ning 15 yillik natijasini yangiladi

Soboslai «Liverpul»ning 15 yillik natijasini yangiladi

Baho:
+ | -

«Liverpul» Angliya Premyer-ligasida «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatdan qiyinchilik bilan qutulib qoldi. Mersisaydliklar bahsning so‘nggi daqiqalarida penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi.

Dominik Soboslai 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasiga muhim golni taqdim etdi. Vengriyalik futbolchi to‘pni o‘yinning 98-daqiqasiyu 6-soniyasida darvozaga kiritdi.

Shu tariqa, Soboslai «Liverpul»ning so‘nggi 15 yildan ortiq vaqt ichida Premyer-liga o‘yinida penaltidan urgan eng kechki goli muallifi bo‘ldi.

Bundan ham kechroq penaltidan gol urish holati 2011 yil aprelida qayd etilgan. O‘shanda Dirk Keyt «Arsenal»ga qarshi uchrashuvning 101-daqiqasiyu 48-soniyasida 11 metrlik zarbani golga aylantirgan.

«Liverpul» Angliya chempionatining keyingi turida 29 avgust kuni o‘z maydonida «Nottingem Forest»ni qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar so‘nggi bor 2025 yilda Angliya chempioni bo‘lgan.

Kiritildi: 08:23, 24.08.2026.
O'qildi: 611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик