Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Spalletti Vikarioning nega almashtirilganini tushuntirdi

Spalletti Vikarioning nega almashtirilganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya A Seriyasining 1-turida "Frozinone" ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan keyin darvozabon Gulyelmo Vikarioning nega o‘yin oxirida almashtirilganini tushuntirdi. Vikario qo‘shimcha vaqtda maydonni tark etgan.

"Bu shunchaki mushak tortishishi. Bir payt u mushaklarida kuchli taranglikni his qildi va biz uni almashtirishni ma’qul ko‘rdik", — dedi Spalletti.

Vikarioning o‘rniga 90+1-daqiqada Mattia Perin maydonga tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, darvozabonning holati jiddiy xavotir uyg‘otmayapti.

"Yuventus" Vikarioni "Tottenxem"dan bir mavsumga ijaraga olgan va kelishuvda uni to‘liq sotib olish huquqi ham mavjud. "Frozinone"ga qarshi bahs 29 yoshli golkiperning Turin klubi safidagi debyut uchrashuvi bo‘ldi.

O‘tgan mavsumda Vikario klub miqyosida 43 ta uchrashuv o‘tkazib, shularning 13 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Kiritildi: 11:20, 24.08.2026.
O'qildi: 709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик