Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mateta «Kristal Pelas» bilan shartnomasining so‘nggi yilini bekor qildirmoqchi

Mateta «Kristal Pelas» bilan shartnomasining so‘nggi yilini bekor qildirmoqchi

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta London klubi bilan amaldagi shartnomasining so‘nggi qismini haqiqiy emas deb topishga harakat qilmoqda.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli fransuz futbolchisi 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnomasining so‘nggi 10 oyini bekor qilishni talab qilgan.

Mateta «Kristal Pelas»ga 2021 yilda «Mayns»dan dastlab ijara asosida kelgan. 2022 yil yanvarda londonliklar uning transfer huquqini sotib olib, 4,5 yillik shartnoma imzolagan. Kelishuvda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud bo‘lgan va klub 2024 yilda ushbu bandni faollashtirgan.

Biroq Mateta qo‘shimcha bir yillik muddatni haqiqiy emas deb hisoblamoqda. Masala avval Premyer-liga qoidalari asosida mustaqil tribunalda ko‘rib chiqilgan, ammo futbolchining shartnomasi o‘z kuchida qoldirilgan.

Shundan so‘ng Mateta FIFAga murojaat qilgan. Biroq tashkilot ushbu masalani ko‘rib chiqish uning vakolatiga kirmasligi haqida qaror chiqargan.

Fransuz hujumchisi 2021 yildan buyon «Kristal Pelas» sharafini himoya qilib kelmoqda va klub safida 67 ta gol urgan. U jamoa bilan Angliya kubogi va Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan.

Mateta joriy yil yanvarda «Kristal Pelas»ni tark etishga yaqin kelgan va «Milan»ga o‘tishi kutilgandi. Biroq tizzasi bilan bog‘liq muammo sabab transfer amalga oshmagan.

Shuningdek, Mateta Fransiya milliy jamoasi safida so‘nggi jahon chempionatida ishtirok etgan.

Kiritildi: 12:44, 24.08.2026.
O'qildi: 708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик