Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Amorim «Manchester Yunayted»dagi sobiq shogirdini «Milan»ga olib kelmoqchi

Amorim «Manchester Yunayted»dagi sobiq shogirdini «Milan»ga olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» himoyachisi Nussair Mazraui faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. 28 yoshli marokashlik futbolchiga «Milan» qiziqish bildirmoqda.

CaughtOffside ma’lumotiga ko‘ra, «rossonerilar» Mazrauini tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Milan»ni hozirda «Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorim boshqarmoqda va transfer amalga oshsa, mutaxassis sobiq shogirdi bilan yana birga ishlaydi.

Manba ta’kidlashicha, «Milan» Mazrauiga avval ham qiziqqan, biroq o‘sha paytda himoyachi klub uchun ustuvor nomzod hisoblanmagan. Boshqa bir transfer rejasi amalga oshmay qolgach, italiyaliklar marokashlik futbolchi variantiga qaytgan.

Shuningdek, Mazraui yaqinda agentini almashtirgan. Bu futbolchining jamoasini o‘zgartirish istagi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Biroq «Manchester Yunayted» himoyachisini osonlikcha qo‘yib yubormasligi va «Milan» transfer uchun salmoqli mablag‘ to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Mazraui joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida bitta uchrashuvda maydonga tushdi va natijali harakat qayd etmadi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 18 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:49, 24.08.2026.
O'qildi: 1471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик