«Kristal Pelas» hujumchi Jan-Filipp Mateta bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
29 yoshli fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakunida tugaydi. Klub kelishuvdagi bir yillik uzaytirish bandini 2024 yilda faollashtirgan. Mateta va uning vakillari bu qarorga e’tiroz bildirgan, biroq Premyer-liga tribunali hamda FIFA futbolchining talabini qanoatlantirmagan.
Hujumchiga qiziqish bildirayotgan klublar orasida «Aston Villa» ham bor. Birmingemliklar Olli Uotkinsni «Al-Hilol»ga sotish masalasini ko‘rib chiqayotgani sababli Matetani uning ehtimoliy o‘rinbosarlaridan biri sifatida belgilagan.
Yangi shartnoma tuzilmasa, joriy transfer davri «Kristal Pelas» uchun futbolchini nisbatan yuqori narxda sotishning so‘nggi qulay imkoniyati bo‘lishi mumkin. Mateta keyingi yozda erkin agentga aylanadi.













