Bugun O‘zbekiston Superligasining 19-turi doirasida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.
Jamoalarning o‘zaro so‘nggi uchrashuvlarida qiziq tendensiya kuzatilmoqda. O‘zPFL keltirilgan statistikaga ko‘ra, «Buxoro» va «Qo‘qon-1912» o‘rtasidagi oxirgi 5 ta bahsning barchasida o‘yin taqdirini atigi bitta gol hal qilgan.
2026 yildagi birinchi uchrashuvda «Buxoro» raqibini 1:0 hisobida mag‘lub etgan.














