«Roma» hujumchisi Doniell Malen Italiya A Seriyasining 1-turidan o‘rin olgan «Fiorentina»ga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi.
27 yoshli niderlandiyalik futbolchi raqib darvozasini 27, 52 va 60-daqiqalarda ishg‘ol qildi.
E’tiborlisi, Malenning har uchala goliga ham Paulo Dibala assistentlik qildi.













