Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm 1-3 Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

«Siti» Enso Fernandes uchun yangi taklif yuboradi

«Siti» Enso Fernandes uchun yangi taklif yuboradi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan qaytgani yo‘q. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, «shaharliklar» yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar argentinalik futbolchining transferini amalga oshirishga harakat qilmoqda.

Insayder Gaston Edul ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Siti» yaqin vaqt ichida 25 yoshli futbolchi uchun yangi rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda. «Chelsi» Ensoning transferi uchun taxminan 140 million yevro talab qilmoqda. Bu summa boshqa manbalarda keltirilayotgan 120 million funtlik bahoga yaqin.

Fernandes APLning birinchi turida «Fulxem»ga qarshi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi. Uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan.

Ayni paytda «Siti»ning Enso uchun transfer imkoniyatlari yanada oshishi mumkin. Xususan, Niko Gonsalesning «Nyukasl»ga taxminan 50 million funtga sotilishi argentinalik futbolchi uchun katta taklif tayyorlashga moliyaviy imkoniyat yaratishi xabar qilinmoqda. 

Kiritildi: 05:04, 25.08.2026.
O'qildi: 561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик