Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Arbeloa «Chelsi»dan mag‘lubiyat sababini aytdi

Arbeloa «Chelsi»dan mag‘lubiyat sababini aytdi

Baho:
+ | -

«Fulxem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Angliya Premyer-ligasi 1-turida «Chelsi»dan qabul qilib olingan mag‘lubiyat (2:3) haqida fikr bildirdi.

«Fulxem» birinchi daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordi, ammo 23-daqiqada Joshua King hisobni tenglashtirdi. 41 va 49-daqiqalarda «Chelsi» yana ikki bor gol urdi. Maydon egalari bunga 54-daqiqada Gonsalo Garsiyaning goli bilan javob qaytardi.

«Biz birinchi daqiqada, birinchi bo‘lim oxirida va tanaffusdan so‘ng darhol gol o‘tkazdik — gol o‘tkazib yuborish uchun bundan noqulayroq paytlarni tasavvur qilish qiyin.

Shunga qaramay, jamoa xarakter ko‘rsatdi va futbolchilarning reaksiyasidan faxrlanaman. Biz ko‘prog‘iga loyiq edik, ammo futbolda nimaga loyiq bo‘lganingiz emas, yakunda qanday natija olganingiz muhim.

Golli vaziyatlarda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xatolar qildik. Biz o‘sishimiz va o‘yinning ilk daqiqalaridanoq to‘liq ishga kirishishimiz kerak. O‘ylashimcha, to‘g‘ri yo‘ldamiz va rivojlanishda davom etamiz», — dedi Arbeloa.

Ispaniyalik mutaxassis «Fulxem» bosh murabbiyi lavozimini iyul oyi boshida egallagan.

Kiritildi: 05:36, 25.08.2026.
O'qildi: 1040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик