Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

Chalxanoglu mavsum yakunida «Inter»ni tekinga tark etishi mumkin

Chalxanoglu mavsum yakunida «Inter»ni tekinga tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

«Inter» yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu 2026/27 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin. 32 yoshli turkiyalik futbolchining Milan klubi bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyunda yakuniga yetadi. Hozircha tomonlar kelishuvni uzaytirish masalasini muhokama qilmagan.

«Neradzurri» yarim himoya chizig‘ida yetarlicha futbolchilarga ega bo‘lgani sababli klub bu vaziyatni jiddiy muammo deb hisoblamayapti. Shunga qaramay, Chalxanoglu tayanch yarim himoyachisi sifatida jamoaning muhim futbolchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq Turkiyaning «Galatasaroy» va «Fenerbaxche» klublari Chalxanogluga qiziqish bildirgan va uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashishga tayyor.

Futbolchining o‘zi esa «Inter»dagi ehtimoliy so‘nggi mavsumini yuqori saviyada o‘tkazib, klubdagi faoliyatini munosib tarzda yakunlash niyatida.

Kiritildi: 07:30, 25.08.2026.
O'qildi: 528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик