Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Vest Xem» «Arsenal» futbolchisini transfer qilishga yaqin

«Vest Xem» «Arsenal» futbolchisini transfer qilishga yaqin

Baho:
+ | -

«Vest Xem» bir necha hafta davom etgan muzokaralardan so‘ng «Arsenal» qanot hujumchisi Rayss Nelsonni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda klubga yaqin manba ExWHUEmployee xabar berdi.

Avvaliga «bolg‘achilar» ushbu transferni amalga oshirish borasida ikkilangan, ammo hozirda kelishuvni yakunlashga tayyor. Shu bilan birga, klub boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida «Viking» vingeri Edvin Austbyo ham bor.

«Qanot futbolchilariga kelsak, Rayss Nelson bo‘yicha kelishuv deyarli tayyor. Menga aytishlaricha, endi faqat «Vest Xem»ning yakuniy qarorini kutish qolgan. Klub boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda, «Viking» futbolchisi Edvin Austbyo shulardan biri», — dedi ExWHUEmployee.

Xabarlarga ko‘ra, Nelsonni taxminan 3 million funt evaziga sotib olish mumkin. Biroq uning maoshi «Vest Xem» uchun asosiy muammolardan biri bo‘lishi mumkin. Futbolchi «Arsenal»da haftasiga qariyb 100 ming funt maosh oladi.

Kiritildi: 07:43, 25.08.2026.
O'qildi: 1179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик