«PSJ» qanot hujumchisi Bredli Barkola va uning vakillari futbolchi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar «Liverpul»ga o‘tishiga ishonch bildirmoqda. Bu haqda L’Equipe xabar berdi.
Fransiya terma jamoasi futbolchisi Angliya Premyer-ligasi klubiga o‘tish uchun prinsipial rozilik bergan.
Barkolaning «Liverpul» variantini afzal ko‘rayotgani u «PSJ» bilan 2028 yilgacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortganidan keyin yanada oydinlashgan.
Shuningdek, futbolchi ehtimoliy transfer yuzasidan «Liverpul» rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Andoni Iraola bilan muloqot qilgan.
Ayni paytda transfer yo‘lidagi asosiy to‘siq — ikki klub o‘rtasida kelishuv yo‘qligi. «PSJ» Barkola uchun yuqori miqdorda tovon puli talab qilmoqda, «Liverpul» esa hozircha parijliklarning talabini qondirgani yo‘q.
Avvalroq mersisaydliklar Barkolya uchun taxminan 115 million yevrolik taklif tayyorlagani xabar qilingan.













