Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

"Aston Villa" Zirkzee transferi bo‘yicha "Manchester Yunayted" bilan bog‘landi

"Aston Villa" Zirkzee transferi bo‘yicha "Manchester Yunayted" bilan bog‘landi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin.

The Sun ma’lumotiga ko‘ra, Birmingem klubi niderlandiyalik futbolchini Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o‘tishga qaror qilgan Olli Uotkinsning ehtimoliy o‘rinbosarlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

"Aston Villa" Zirkzeening transferi bo‘yicha "Manchester Yunayted" bilan aloqaga chiqqan. Biroq klubning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy varianti hozircha "Chelsi" futbolchisi Nikolas Jekson bo‘lib turibdi.

"Manchester Yunayted" esa hozircha 25 yoshli Zirkzeening ketishiga rozilik bermagan. Shuningdek, hujumchiga Italiya klublari tomonidan ham qiziqish mavjud.

Transfermarkt portali Zirkzeening transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:26, 25.08.2026.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик