Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

«Yuventus» uch hujumchini nishonga oldi, ammo Spallettining tanlovi boshqa

«Yuventus» uch hujumchini nishonga oldi, ammo Spallettining tanlovi boshqa

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ikki asosiy nomzodni belgilab oldi. Mutaxassisning transfer ro‘yxatidan Madridning «Atletiko» klubi forvardi Aleksandr Syorlot va «Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta joy olgan.

Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik mutaxassis hujum chizig‘ida yetakchilik qila oladigan jismonan baquvvat va sermahsul forvard xarid qilinishida qat’iy turibdi. Syorlot va Mateta aynan Spalletti talablariga mos nomzodlar sifatida ko‘rilmoqda. Bu ma’lumot Italiya matbuotida ham tasdiqlanmoqda.

«Yuventus» sport direktori Riki Massara esa «Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzeega qiziqish bildirmoqda. Biroq niderlandiyalik futbolchining o‘yin uslubi Spalletti talab qilayotgan klassik «9-raqam» profiliga to‘liq mos kelmaydi. Shu sababli murabbiy Syorlot yoki Mateta variantini ma’qul ko‘rmoqda.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli Aleksandr Syorlotning bozor qiymati 25 million yevro, 29 yoshli Jan-Filipp Matetaniki 30 million yevro, 25 yoshli Joshua Zirkzeeniki esa 40 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:52, 25.08.2026.
O'qildi: 504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик