Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Maxachev Gerri ustidan qozonilgan g‘alabadan bir hafta o‘tib ko‘kargan yuzini ko‘rsatdi

Maxachev Gerri ustidan qozonilgan g‘alabadan bir hafta o‘tib ko‘kargan yuzini ko‘rsatdi

Baho:
+ | -

Yarim o‘rta vaznda UFC chempioni, rossiyalik jangchi Islam Maxachev irlandiyalik Ien Gerri bilan o‘tkazilgan titul jangidagi g‘alabasidan bir hafta o‘tib selfi joylashtirdi.

16 avgust kuni Maxachev hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan Gerrini mag‘lub etgan va UFC chempionlik kamarini saqlab qolgan edi.

Yangi suratda Islamning yuzida bir nechta ko‘karishlarni ko‘rish mumkin. Eslatib o‘tamiz, AQSHning Pensilvaniya shtati Atletika komissiyasi Gerri bilan jang vaqtida olingan jarohatlar sababli Maxachevni 30 kunga janglardan chetlatgan edi.

Islam Maxachev MMAda 30 ta jang o‘tkazib, 29 ta g‘alabaga erishgan. U UFC jangchilarining vazn toifasidan qat’i nazar yangilangan reytingida 1-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 17:08, 25.08.2026.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик