Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

De Yongning jarohati: futbolchining qaytishiga hali ancha bor

De Yongning jarohati: futbolchining qaytishiga hali ancha bor

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong tizzasidagi jarohatdan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Niderlandiyalik futbolchi maydonda individual mashg‘ulotlarni boshladi, biroq hali ham og‘riq his qilmoqda.

Jurnalist Karlos Monfort ma’lumotiga ko‘ra, De Yong bugun maydonda mashq qilgan. Ushbu mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad bir necha haftalik reabilitasiyadan keyin futbolchining tizzasi yuklamaga qanday javob berishini tekshirish bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 29 yoshli yarim himoyachi ayniqsa yugurishdan keyin to‘xtash vaqtida tizzasida ma’lum darajada og‘riq sezmoqda. Shu sababli uning jamoaviy mashg‘ulotlarga va o‘yinlarga qaytishiga hali vaqt bor.

"Barselona" futbolchining tiklanish jarayonida tavakkal qilishni istamayotgani aytilmoqda. Klub De Yongning qaytish sanasini sun’iy ravishda tezlashtirish niyatida emas. Tizzaning keyingi yuklamalarga munosabatiga qarab mashg‘ulot intensivligi bosqichma-bosqich oshiriladi va shundan so‘ng uning jamoa bilan ishlashga qaytish muddati belgilanadi.

Monfortning yozishicha, klub ichida De Yongning o‘tgan mavsumdagi ayrim tiklanish bosqichlariga munosabatidan norozilik ham mavjud. Shu bois bu safar tibbiy shtab jarayonni yanada ehtiyotkorlik bilan nazorat qilmoqda.

De Yongning o‘ng tizzasidagi ichki yon bog‘lami uzilgani 23 iyul kuni rasman tasdiqlangan edi. "Barselona" o‘shanda futbolchini operasiyasiz, konservativ usulda davolash va uning holatini keyingi haftalar davomida kuzatib borishga qaror qilinganini ma’lum qilgan.

14 avgust kuni De Yongning o‘zi ham tiklanish uchun klub bilan kelishilgan maxsus dastur asosida ishlayotganini, asosiy maqsad esa maydonga to‘liq tayyor holda qaytish ekanini aytgandi.

Kiritildi: 17:18, 25.08.2026.
O'qildi: 787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик