Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Real» Kastilya uchun yana bir yosh iqtidorni olib kelmoqchi

«Real» Kastilya uchun yana bir yosh iqtidorni olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» «Granada»ning 21 yoshli himoyachisi Oskar Naasei Oppong transferini yakunlash arafasida turibdi.

AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, Gana vakili Madrid klubiga to‘liq transfer asosida o‘tadi va dastlab Xulian Lopes de Lerma boshqarayotgan «Real Madrid Kastilya» tarkibiga qo‘shiladi. Kelishuv yaqin soatlarda rasmiylashtirilishi mumkin.

«Real» Naaseiga o‘tgan mavsumdayoq qiziqish bildirgan, ammo bu yozda muzokaralarni jadallashtirgan. Madridliklar futbolchi uchun kurashda La Liganing yana bir klubi «Rayo Valyekano»ni ortda qoldirgani aytilmoqda.

2005 yil 24 fevralda Akkrada tug‘ilgan Naasei asosan markaziy himoyachi sifatida harakat qiladi, zarurat tug‘ilganda o‘ng qanot himoyasida ham o‘ynay oladi. Uning bo‘yi 185 santimetr bo‘lib, futbolchi jismoniy kurashdagi kuchli harakatlari va bir nechta pozisiyada o‘ynay olishi bilan ajralib turadi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 1,5 mln yevroga baholagan.

Naasei 2023 yilda Gananing Emmanuel City akademiyasidan «Granada» yoshlar jamoasiga kelib qo‘shilgan. U qisqa vaqt ichida «Rekreativo Granada»ga ko‘tarilib, keyinchalik asosiy jamoaga ham jalb qilina boshlagan. «Granada» uning tez rivojlanishini inobatga olib, futbolchi bilan shartnomani uzaytirgan edi.

Himoyachi o‘tgan mavsumda «Granada» asosiy jamoasida debyut qildi. Joriy mavsumda esa bosh murabbiy Pacheta unga ishonch bildirmoqda — Naasei Segundadagi dastlabki ikki tur, «Real Ovyedo» va «Malyorka»ga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushdi.

Transfer amalga oshsa, Naasei «Real»ning istiqbolli yosh futbolchilarni erta bosqichda jalb qilish strategiyasi doirasida «Kastilya» safiga qo‘shiladi. U dastlab farm-klubda o‘zini ko‘rsatib, keyinchalik asosiy jamoa uchun nomzodga aylanishi ko‘zda tutilmoqda.

Kiritildi: 17:42, 25.08.2026.
O'qildi: 1081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик