«Manchester Yunayted» Lisandro Martines bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyatidan foydalanishga tayyor.
talkSPORT jurnalisti Aleks Kruk ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik himoyachining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
Biroq klubda Martines keyingi mavsumda jarohatlarsiz barqaror o‘ynay olishini isbotlashi kerak, degan fikr bor. Aks holda, «MYU» uni kelasi yozda sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Shu tariqa, 28 yoshli himoyachining klubdagi kelajagi uning jismoniy holati va o‘yin amaliyotiga bog‘liq bo‘ladi.













