Kristyan Aslani «Inter»dan BAAning «Al-Jazira» klubiga o‘tishi mumkin.
Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, klublar 24 yoshli alban yarim himoyachisi bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
«Al-Jazira» Aslanini ijaraga olishni taklif qilgan. Ijara puli 2 million yevroni tashkil qilishi, shartnomaga esa 6,5 million yevrolik sotib olish bandi kiritilishi kutilmoqda. Ayrim shartlar bajarilgan taqdirda ushbu band majburiy bo‘ladi.
Aslani BAA klubiga o‘tishga rozi ekani xabar qilingan, ayni paytda tomonlar futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishish ustida ishlamoqda. Shu bilan birga, «Inter» futbolchini ijaraga berishdan ko‘ra, uni to‘liq sotishni ma’qul ko‘rmoqda.
Aslani 2025/26 yilgi mavsumni avval «Torino», keyin esa «Beshiktosh»da ijara asosida o‘tkazdi. «Beshiktosh» safida u 33 ta uchrashuvda 2 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.













