«Manchester Yunayted» yaqin vaqt ichida «Real» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga uchun rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Angliya klubi Fransiya terma jamoasi futbolchisi uchun 50 million yevro to‘lashga tayyor.
23 yoshli Kamavinganing «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ham futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.
Kamavinga 2025/26 mavsumida barcha musobaqalar doirasida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Shuningdek, yarim himoyachi 2026 yilgi jahon chempionati uchun Fransiya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilmagan.













