«Chelsi» va «Arsenal»ning sobiq himoyachisi Eshli Koul besh yillik faoliyatidan so‘ng Angliya U21 terma jamoasi murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Koul Li Karsli boshchiligidagi murabbiylar shtabida ishlagan. Ushbu davrda Angliya yoshlar terma jamoasi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida ketma-ket ikki marta g‘olib chiqqan.
«Eshlining mehnatini alohida e’tirof etmoqchiman. U bizning g‘alabalarimizda muhim rol o‘ynadi, shuningdek, taktik va texnik bilimlari bilan joriy kampaniyaga ham katta hissa qo‘shdi. Ishonamanki, kelajakda qaysi yo‘lni tanlamasin, murabbiylik faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlarga erishadi», — dedi Karsli.
45 yoshli Koul futbolchilik faoliyatini 2019 yilda yakunlagan va shundan so‘ng murabbiylikka o‘tgan.
Joriy yilning mart oyida u Italiya B Seriyasidagi «Chezena» klubini boshqargan, ammo iyun oyida klubning rivojlanish strategiyasi o‘zgarganidan keyin jamoani tark etgan.













