Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Bayer" yulduzi Angliyaga yo‘l olishi mumkin

"Bayer" yulduzi Angliyaga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

"Ipsvich" "Bayer" yarim himoyachisi Esekiel Palasios transferi bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya klubi 27 yoshli argentinalik futbolchi uchun yaxshilangan taklif bergan: 22,5 million yevro kafolatlangan to‘lov va yana 5 million yevro bonuslar. Palasios bilan to‘rt yillik shartnoma imzolanishi mumkin.

Agar transfer amalga oshsa, Palasios "Ipsvich" safida to‘p suradigan tarixdagi birinchi jahon chempioni bo‘ladi.

Avvalroq "Ipsvich" futbolchi uchun 15 million yevro taklif qilgan, biroq "Bayer" bu taklifni rad etgan edi.

Palasios 2020 yilda "River Pleyt"dan "Bayer"ga o‘tgan. U Germaniya klubi safida 185 ta uchrashuv o‘tkazib, 15 ta gol urgan va 17 ta golli uzatma amalga oshirgan.

2023/24 mavsumida argentinalik futbolchi "Bayer"ga Bundesligada chempion bo‘lishga yordam bergan.

O‘tgan mavsumda Palasios barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushdi. U o‘ng sonning yaqinlashtiruvchi mushagidagi jarohat sabab taxminan to‘rt oyni o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 06:40, 26.08.2026.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик